Gunohda sherik emasmizmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, anchadan buyon bir savol xayolimni tark etmaydi. Biz hozir Koreya davlatidamiz. Tushlikka chiqqan vaqtimizda oshxonada cho‘chqa go‘shtidan ovqat pishirilgan bo‘ladi. Tabiyki biz uni ist’emol qilmaymiz, lekin u oshxonada 3-4ta kompaniya ishchilariga moslashgan. O‘shanday holatda bitta oshxonada o‘tirganligimiz sababidan biz ham ularning gunohiga sherik bo‘lamizmi? Biz o‘zbeklar alohida bir burchakda o‘tiramiz, ba’zida joy yo‘qligi sababidan ular bizning yonimizga kelib o‘tirishadi. Alloh sizlarni hifz ximoyasida saqlasin. Farzandlarim haqqiga duo qilib qo‘yingizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning gunohlariga sherik bo‘lmaysiz. Musulmonlar o‘zga din vakillari va ular e’tiqod qiladigan narsalarni o‘z holicha qoldirishimizga buyurilganmiz. Alloh taolo farzandlaringizni solihlardan qilsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:31 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom