Kelishmovchilik

Assalomu alaykum! Bir kishidan kelishmovchilikda duch keldim men u kishidan bir maxsulot olishga kelishgandim maxsulotini so‘radim buzilmaganmi usta quli tegmaganmi deb u kishi maxsulot chotki biron usta qo‘li tegmagan dedi. U kishini avvaldan tanirdim xurmat qilardim, bordim, maxsulotini ishlatib yonimda ko‘rsatib berdi. Ko‘ring dedi maxsulotni tekshirib oling dedi. Men kishini oldindan tanirdim xurmat qilardim shuning ko‘p xamma joyiga e’tibor berib qaramadim ishlashini ko‘rsatib berdi maxsulot yaxshi edi faqat keyn maxsulotni ishxonaga olib bordim. Keyn yaxshilab tekshirib qaradim bitta aybi bor ekan, keyn egasi blan gaplashdim. Nega aytmadiz bu aybini nega ko‘rsatmadiz dedim. Oldindan aytish kerak edi dedim u kishi 1 yil oldin shunaqa bo‘ludi yaxshi ishlayapti ishlaturing 1 oy garantiya. O‘sha joyi buzilsa maxsulotdan qolgan 200$ kerakmas dedi. Men bu maxsulotni aybini bilganimda Allohga qasam olmagan bo‘lardim katta xarajat qilingan 1800$ lik maxsulot. Shunga ayb kimda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!Xiyori vasf.(Sotilayotgan narsaning sifatiga qarab tanlash huquqi).Sotuvchi savdo vaqtida sotilayotgan narsadagi yaxshilik va qulayliklarni bayon qilsa va xaridor o‘sha narsani zikr qilingan sifatlari bor bo‘lish sharti bilan sotib olsa joiz. Xaridor sotib olgandan keyin o‘sha narsada zikr qilingan sifatlar topilmasa, savdoni bekor qilishi mumkin. Masalan; sotuvchi echki sotayotib “Bu echki sut beradi”-desa va xaridor shu ishonchga ko‘ra sotib olsayu keyin u echkining sut bermasligi ma’lum bo‘lsa, xaridor savdoni buzish huquqiga ega bo‘ladi. Agar echkida aytilgan sifat topilmasa, xaridor uni narxini kamaytirishni talab qila olmaydi. Hohlasa savdoni buzadi yoki shundayligicha sotib oladi.  Xaridor sotib olgan narsasini tekshirib olmasdan qaytarib berish imkoni bo‘lmaydigan darajada ishlatib yuborsa, sotuvchidan o‘sha narsaning sifatli va sifatsizini orasida bo‘ladigan farqni to‘latib oladi. Masalan; xaridor bir materialni Yaponiyaniki deb sotib olib tekshirmasdan tiktirib kiyib olsa, keyin Yaponiyaniki emasligi ma’lum bo‘lsa, xaridor sotuvchidan Yaponiya materiali bilan boshqa joyning materialini roasidagi farqni to‘latib oladi.
Sotuvchi savdoda sotilayotgan narsani sifatini bayon qilsa va u sifatni shu zahoti tekshirib bo‘lmasa, xaridor o‘sha sifatni topilishi sharti bilan sotib olishi mumkin emas. Masalan, sotuvchi xaridorga “Bu echki homilador”-desa xaridor uni shu sifat topilishi sharti bilan sotib olishi mumkin emas. Chunki, u sifatning kelajakda vujudga kelishi noaniqdir. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar