To‘yxona xarajatini bo‘lib to‘lash
Assalomu alaykum! Keyingi oyda to‘yim bo‘lmoqda va shu munosabat bilan bir narsa yuzasidan savolim bor edi. O‘zingiz bilasiz to‘yxonada xar bir joy uchun malum bir miqdordagi narx asosida kelishilinadi. Meni xozir o‘sha pulni to‘lashga qurbim yo‘q, shuning uchun bir do‘stim o‘z pulidan to‘yxona xarajatini, yani 8 000 000 so‘m miqdoridagi pulni to‘lab berdi, men esa unga bu pulni bir yil davomida bo‘lib to‘lab umumiy xisobda 10 000 000 so‘m qilib qaytib berishga kelishtim. Bu kelishuvimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu aynan ribo bo‘ladi, hayot yo‘lingizni avvalini bu kabi ishlar boshlamang. Siz imkoni boricha, qo‘lingizdan kelganicha, topishingizga qarab qilavering. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat