Sherikchilikmi?

Assalomu alaykum! Man hisobchi bo‘lib ishliman. Jamiyatimiz xodimlari shaxsiy extiyoji uchun kredit olishgan. Bank kredit qarz olganlarni qarzini undirish uchun oylik maosh kartasini o‘zi echib olishi sharti programmasida bog‘lab qo‘ygan. Oylikni jamiyatimiz bank bilan kelishuviga asosan oylikni 50% naqd va qolgan 50% ini oylik kartaga o‘tkazishimiz kerak. Ishchi xodimlarni iltimosiga ko‘ra oylik maoshlarini kartaga tashamasdan to‘liq naqd ko‘rinishidan bersak, qarz beruvchi bank o‘zaro shartnomaga ko‘ra qarz olganlarni qarzini ushlab qolomidi. Savolim shuki, iltimosga ko‘nishimiz kelishuvga xiyonatga yordam bo‘lib qolmaydimi, shu ishimiz to‘g‘rimi?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar