Nuqsonini mazaxlash
Assalomu alaykum! Ijtimoiy sahifada hozir bir video ko‘rib qoldim bu videoda agar kimda kim bir birini nuqsonini mazaqlasa kofir biladi dedi. Men 9 sinf o‘quvchisiman maktabda o‘rtoqlarim bilan bir birimizni mazax qilganmiz, qulog‘i katta deb. Shunga endi biz kofir bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min ma’siyat tufayli dindan chiqib qolmaydi. Alloh taolo "Xumaza" surasida marhamat qiladi: 1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin.
Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz.
Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 170 | Administrator