Tirnoq olish haqidagi hadis haqida

Assalomu alaykum! Men sizlarning tirnoq olishda qaysi barmoqdan boshlab olib, qaysi barmoqda tugatilishi haqidagi gap hadisga suyanilmagan degan javobingizni o‘qidim. Bir necha kun oldin tib.islom.uz saytida "Soch va tirnoq – kasallikdan etar ogoh" nomli maqolada quyidagi hadisni o‘qidim: "Barmoqlarning ma’naviy darajasi bor. Shu sababli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Oyishai Siddiqa (r.a.) onamizdan rivoyat etilgan hadisda shunday deydilar: “Ey, Oysha, tirnoqlaringni olga- ningda o‘rta barmog‘ingdan boshla, keyin kichik barmoq, keyin bosh barmoq, keyin o‘rta barmoqning yonidagi barmoq, keyin shahodat barmog‘ingga o‘t, bunday tirnoq olish boylik beradi”.Albatta, bu tirnoq olish shakli faqat mol boyligi bilan aloqali emas, juda ko‘p hikmati borligi muxaqqaq.Payshanba kuni asrdan so‘ng yoki juma kuni tahoratli tirnoq olish sunnat: “Biror kimsa juma kuni tirnoklarini olsa, uning tanasiga shifo keladi, kasalliklardan qutuladi”. (Hadisi sharif)" Shu hadis haqida ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
عن عائشة رضي الله عنها قالت: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: إذا أنت قلمت أظفارك فابدئي بالخنصر، ثم الوسطى، ثم الإبهام، ثم البنصر، ثم السبابة، فإن ذلك يورث الغنى. وهذا قول في الرعاية، وفي حديث آخر: من قص أظفاره مخالفاً لم ير في عينيه رمداً. رواه ابن بطة. Ushbu hadisni Ibn Hajar Asqaloniy “Sobit bo‘lmagan” deganlar.
27 Aprel 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 54 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar