ta’lim olishlik yoki o‘g‘rilik
Assalomu alaykum! Hozir dizaynerlik sohasida ta’lim olmoqdaman. Bizning ish shuki sheb-saytlarning va mobil ilovalarning tashqi ko‘rinishini chizish hamda qulayliklarini kengaytirish. Shunday saytlar bor u erda dizaynerlar qilgan ishlarini joylashadi. Biz dizaynerlarning qilgan ishlarini kuzatamiz va tahlil qilamiz, tabiiyki bu jarayonda o‘z-o‘zidan dizaynerlik ko‘nikmalarmiz kengayadi. Qachon biz dizaynerlardan olgan ko‘nikmalarimiz, olgan idealarimiz o‘g‘rilik yoki ta’lim olishlik bo‘ladi? Amallar niyatga bog‘liq degan hadisga asosan ta’lim niyatida kuzatsam bo‘ladimi? Albatta idealar olishligim bu holda o‘g‘rilik bo‘lib qolmaydimi? Savolimni tushunishingiz uchun misol keltirsam. Oddiy "qidirish" tugmasida lupani ushlagichini o‘ng tomonda yoki chap tomonda qo‘yishlikni boshqalarning uslubini o‘rganib qaysi biri maqsadga muofiq bo‘lsa shunisini tanlab qo‘yishlik o‘g‘rilik bo‘lib qolmaydimi? 1. ⚠️Yoki bir blogni chizishda u erda ishlatilgan belgi yoki so‘zlarni qanday joylashganligini olishlik yoki o‘zgatirish kiritib yangi bir dizaynga keltirishlik o‘g‘rilik bo‘lib qolmaydimi? Shunga alohida javobingiz kerak❗️ Ba’zi bir holatlar bor ya’ni (boshqa sohada misol keltirsam) velosiped ishlab chiqarmoqchi bo‘lsam albatta unda ikkita shina, rul, egar va boshqa jihozlar qo‘yishim kerak, velosipedni men o‘ylab topmaganman bu holda qanday bo‘ladi Umumiy qilib aytganda barcha sohada biz o‘zimiz bilib bilmasdan ko‘rib ma’lum bir bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lamiz. Shu holda qachon o‘g‘rilik qachon ta’lim olishlik bo‘ladi. Hamma narsani umumiy ko‘rinishini o‘rganib uni olishlik o‘grilik emas shaxsiy dizaynerlik uslublarini olishlik o‘g‘rilikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hammaga ochiqsasiga olsa bo‘ladigan qilib qo‘yilgan bo‘lsa balki o‘zlari rozi bo‘lib qo‘yishgandir va tabiiyki undan foydalansa bo‘ladi. Mualliflik haqqi bilan himoyalangan bo‘lsa unda ruxsat olish lozim. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 14:18 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hammaga ochiqsasiga olsa bo‘ladigan qilib qo‘yilgan bo‘lsa balki o‘zlari rozi bo‘lib qo‘yishgandir va tabiiyki undan foydalansa bo‘ladi. Mualliflik haqqi bilan himoyalangan bo‘lsa unda ruxsat olish lozim. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 14:18 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom