Kelinning uyidan yo‘qlov kelmasa onam o‘zgarib qolyapti

Assalomu alaykum! Ustozlar, onam kelinlari uyidan yo‘qlov narsa opkelmagani uchun kelinlariga muomalari ancha o‘zgarib qolgan. Kuyov bolani bayramlarda yo‘qlash dinimizda yo‘q narsaku to‘g‘rimi? Rafiqamga faqat sabr qiling va duo qiling deb ovutyappan xolos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buni kelin tomondan tilanish deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:  عن أنس أن النبي صلى الله عليه وسلم قال :  لا يحل مال امرئ مسلم إلا بطيب نفسه. رواه الدارقطني  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : 
Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Musulmon kishining moli ko‘nglidan chiqarib bersagina halol bo‘ladi. Aks holda halol bo‘lmaydi” dedilar.
Doraqutniy rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar