Nasixat qiling iltimos
Assalomu alaykum! Meni bir masala anchadan buyon juda qiynab keladi. Meni onam har har zamon sog‘liklari yomonlashib qattiq yotib qoladi. Men xamshira olib kelayinmi desam onam yo‘q menga u yordam bermaydi men qo‘l olishim kerak deb turib oladi. Hatto bir safar majburlikdan aytgan odamini oldiga olib bordim. Yaxshi bo‘ldim dedi men bu ishlar bid’at desam ham ko‘nmaydi. Go‘yoki qo‘l olib bunday bid’at ishni davom ettirsa hammasi joyiga tushadigandek. Onamning aytishicha bu avloddan avlodga o‘tarmish, uni kimdir bo‘yniga olmaguncha yaqin qarindoshlarga ziyon etaverarmish. Iltimos onamga shu masalada nasixat qilsalaringiz. Barchasi uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo insonlarni turli narsalar bilan imtihon qiladi. Kimnidir Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu kabi bir umr nogiron qilib qo‘yadi, kimnidir Fir’avndek xudolikni da’vo qilgan badbaxt qo‘liga Osiyo roziyallohu anho onamizdek xotin qilib qo‘yadi, kimnidir sahobalar kabi mushrik va mushrika ota-onaga farzand qilib qo‘yadi, kimnidir Nuh alayhissalom kabi farzandlarini fosiq va fojir qilib qo‘yadi. Ularning barchasi Allohning imtihonidir. Yuqorida zikr qilingan zotlar sabr qildilar va jannatga erishdilar. Alloh taolo ularni jannatga erishganlarini Qur’onda zikr qildi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida xabar berdilar. Bu qissalarni Qur’on va hadislarda zikr qilishdan maqsad boshqa bandalar o‘z holarlarini ularning holatiga qiyoslashdir. Ya’ni boshqalar ham ulardek sabr qilsalar ularning oqibati ham o‘shalarniki kabi go‘zal bo‘ladi. عَنْ عَطَاءٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ لِي ابْنُ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَلَا أُرِيكَ امْرَأَةً مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ؟ قُلْتُ: بَلَى، قَالَ: هَذِهِ الْمَرْأَةُ السَّوْدَاءُ أَتَتِ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ: إِنِّي أُصْرَعُ، وَإِنِّي أَتَكَشَّفُ، فَادْعُ اللهَ لِي، قَالَ: إِنْ شِئْتِ صَبَرْتِ وَلَكِ الْجَنَّةُ، وَإِنْ شِئْتِ دَعَوْتُ اللهَ أَنْ يُعَافِيَكِ، فَقَالَتْ: أَصْبِرُ، قَالَتْ: إِنِّي أَتَكَشَّفُ فَادْعُ اللهَ لِي أَلَّا أَتَكَشَّفَ، فَدَعَا لَهَا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Ato roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ibn Abbos roziyallohu anhu menga:
«Senga jannat ahlidan bo‘lgan bir ayolni ko‘rsataymi?» dedi.
«Ha», dedim.
«Mana bu qora xotin. U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Meni tutqanoq tutadi. Shunda ochilib qolaman. Allohga mening haqimda duo qiling», dedi.
«Agar istasang, sabr qilursan va senga jannat bo‘lur. Agar istasang, Allohga sen uchun ofiyat so‘rab, duo qilurman», dedilar u zot.
«Sabr qilurman. Ammo ochilib ketishim bor. Allohga mening ochilib ketmasligimni so‘rab, duo qiling», dedi ayol. Bas, u zot uning uchun duo qildilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisda sahobai kiromlarning jannat yo‘lida har qanday qiyinchiliklarga sabr qilishga tayyor ekanliklarining bir namunasi bayon qilinmoqda. Su’ayra al-Asadiya ismli oddiy bir qora tanli, jussali sahobiya ayol bo‘lgan ekanlar. U kishi tutqanoq kasaliga, tutqanoq bo‘lganda ham, eng shiddatlisiga mubtalo bo‘libdilar. Xastalik kelib, dumalab qolganda badanlarining ma’lum qismlari ochilib ham ketar ekan. Aftidan, ayolni asosan tashvishga solgan narsa ham ochilib ketishlari bo‘lsa kerak. Shuning uchun ham u kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilganlarida:
«Meni tutqanoq tutadi. Shunda ochilib qolaman. Allohga mening haqimda duo qiling», dedi».
Agar u ayolni faqat tutqanoq xastaligi tashvishlantirganda, o‘shaning o‘zini aytib qo‘ya qolar edi. Chunki tutqanoq bo‘lmasa, ochilish ham bo‘lmaydi. Uning asosiy tashvishi badanining o‘z ixtiyoridan tashqarida ochilishi edi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan duo umidida kelgan edi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam u kishiga ixtiyorni keng qo‘ydilar.
«Agar istasang, sabr qilursan va senga jannat bo‘lur. Agar istasang, Allohga sen uchun ofiyat so‘rab, duo qilurman», dedilar u zot».
Bu erda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sabr orqali erishish mumkin bo‘lgan narsani eslatib qo‘ydilar. Ixtiyorni ayolning o‘ziga tashladilar. Oldin duoni qilib qo‘yib, keyin tushuntirganlarida, ayol afsus qilishi ehtimoli bor edi. Shuning uchun ham ba’zi kishilar yordam so‘rab kelganda ularga o‘sha ishning hamma tomonini bayon qilib berish, o‘ziga tanlash imkonini yaratish kerak ekan.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bu gaplaridan keyin ayol, hozirgi kunda cheksiz qahramonlik sanalsa ham, o‘sha vaqt uchun oddiy hisoblangan yo‘lni tanladi.
«Sabr qilurman. Ammo ochilib ketishim bor. Allohga mening ochilib ketmasligimni so‘rab, duo qiling», dedi ayol».
Ya’ni «Jannatga kirish umidida tutqanoq xastaligi shiddatlariga, qiynoqlariga sabr qilaman. Tutqanog‘imning tuzalishi haqida Allohga duo qilmasangiz ham mayli. Ammo tutqanoq tutgan paytda ochilib ketishim men uchun katta musibat, shuni yo‘q qilishini so‘rab, Alloh taologa duo qilishingizni so‘rayman».
«Bas, u zot uning uchun duo qildilar».
Ayolning tutqanog‘i tutganda badani ochilmaydigan bo‘ldi. O‘zi esa dardga sabr qilgani uchun jannatga kirish va’dasini oldi. Bu va’da haq va’dadir. Shuning uchun ham Ibn Abbos roziyallohu anhu Ato ibn Abu Raboh roziyallohu anhuga yuksak darajadagi havas va ehtirom ila:
«Senga ahli jannatdan bo‘lgan bir ayolni ko‘rsataymi?» demoqdalar.
Ha, mo‘min-musulmon bandaning bemorlikka sabr qilishi uning jannatga erishishiga sabab bo‘lar ekan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:56 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar