Palma yog‘i qo‘shilgan kasha

Biz bolamizga bir yarim oydan beri qo‘shimcha ovqat tariqasida kasha berishni boshladik. Yaqinda kashani tarkibini o‘qiganimizda palma daraxt maxsulotidan qo‘shilishini ko‘rib qoldik. Palma daraxtini xalol emas deb eshitgan edim. Bolamizga kashani berishda davom etsak bo‘ladimi yoki boshqa kashaga o‘tishni tavsiya qilasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha sohaning ba’zi mutaxassislari palma yog‘ini salomatlikka zarar, deb aytishadi. Ammo uni ist’emol qilish harom emas, siz noto‘g‘ri eshitibsiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar