Xatoni tuzatishda qanday yo‘l tutay?

Savdo faoliyatini boshlaganimdan beri molimdan savob umidida zakot va turli sadaqa-ehsonlarni qilib kelganman. Kechroq izlanganim sababli, yillar o‘tib pul muomalasida noto‘g‘ri ish yuritganimni va harom ishlarga aralashganimni aniqladim. Bilishim bilan pushaymon qildim va ularni tark etdim. Savob umididagi zakot va ehsonlar bilan bir qatorda, harom deb tushungan daromadlarimni taxmin qilib aniqlab, o‘sha daromadlardan degan niyatda, savob umid qilmay, miskinlarga moddiy yordam beryapman. Hozirgiday tavba qilishimdan oldingi topilgan daromadlarimning harom deb hisoblagan qismini savob umidisiz tarqatish bilan birga, savob umidida farz va nafl sadaqalarni qilsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Yoki o‘tgan davrlarda qilgan barcha zakot va sadaqalarim noto‘g‘ri bo‘lib, ularni qarzimga deb xisoblashim va boshqatdan zakot tarqatishim kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hozir to‘g‘ri qilmoqdasiz.

26 May 2022, 18:42 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar