Harom aralashgan narsani bilmay eb qoyish
Assalomu Alaykum Shayh hazratlari,Muborak Ramazon oyida halqqa haqni etkazish yo‘lida qilayotgan amallaringizni Alloh savobini ko‘paytirib bersin!So‘ramochi bo‘lganim harom aralash narsani bola eb qo‘yishlikni hukmi haqida. Bir necha kun oldin 2yoshli farzandim ichida jelatin deb yozilgan bir shirinlikni behosdan biroz eb yubordi. Magazinda ekologik toza, tabiy mahsulotlarni reklama qilib bolalarga tabiy mayiz solingan idishcha tarqatayotib farzandimga ham berishdi, ammo mayiz bilan birga uni ichida kichkina paketchada marmalad donachalar borakan, man uni ko‘rinishidan huddi quritilgan gilos deb o‘ylab ochib berdim, hayolim band edi, keyin yahshilab qarasam boshqa, orqasini darrov o‘qidim(cho‘chqadan olingan pektin)debdi, ammo kech edi 2,3dona eb bo‘libdi, shundan beri qalbimda g‘ashlik, juda qo‘rqyapman harom luqma berib qo‘yishdan juda qo‘rqardim doim etibor bilan har bir E.raqamlar, moddalarni surishtirib yurardim lek bu safar g‘aflatda qolibman. O‘sha payt hayolimga kelmabdi qo‘limni tiqib qustirib yuborish. Albatta Allohdan duo qilib istig‘for aytyapman, yana nima qilmog‘im lozim? Ahir bu maning aybim, bolam hali sof fitrat bo‘lsa unga gunoh yo‘q, farzandimning iymoni, tarbiyasiga ta‘siri bo‘lmasmikin deb havotirdaman. Shuningdek oldinlari bilmay shunday shubhali yo harom aralash narsalardan eb qo‘ymaganmikinmiz deb havotirga tushdim, chunki horijdamiz, bu erda hech qanday E. larsiz yo turli kimyoviy, harom yo shubhali moddalarsiz mahsulotlar topish qiyin, borlari judaa qimmat tabiiyligi uchun, shunga ko‘p narsa olmay qo‘ydik eng kerakli eguliklardan tashqari.Iltimos duo qiling, harom luqmadan Allohning o‘zi asrasin bizni!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bilmaganingiz uchun uzrlisiz.
27 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bilmaganingiz uchun uzrlisiz.
27 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom