Va’daga xilof qilish

Assalomu alaykum! Men Institutda 1-kurs talabasiman. Institut ma’muriyati o‘quv yili boshida biz talabalarga dars jadvalini o‘zimiz tanlash huquqi berilganligi ta’kidlashdi. O‘quv yilining yarmi o‘tdiki, ta’tildan chiqdik va bizga dars jadvali taqdim etildi. Jadvalda aynan Juma namozi vaqtiga dars qo‘yilgan. Huquqimdan foydalanmoqchi bo‘lgan holatda dars jadvalini tuzgan dekanning oldiga kirdim va vaziyatni tushuntirib dars jadvalini o‘zgartishni so‘radim. Dekan esa bunday gap yo‘qligi va jadval o‘zgartirilmasligini aytdi. Namozimni esa qazosini o‘qishimni aytdi (Alloh guvoh aynan shu narsani aytdi). Bu muammoni hal qilib echim topgunicha o‘quv yili ham tugasa kerak. Ustozlar ularning va’dasiga xilof qilayotganini ko‘rib, bilib turib ham shu aytgan gapiga ko‘naymi? Yoki oddiy bir institut-ku, Allohning sinovi, Alloh uchun shu narsani tark etsam, undanda yaxshirog‘i bilan mukofotlaydi deb ibodatlarimda davom etaymi? Iltimos, maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz devorga boshini urib yoradigan odamga o‘xshamang. Mo‘min odam zakiy bo‘lishi kerak. Devorni aylanib o‘tish yo‘llarini qiling. Dunyoda bitta siz talaba emassiz. O‘qishni ham jumani ham ado qilayotgan talabalar juda ko‘p. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar