Ilim olishda tahorat masalasi
Assalomu alaykum! Bir manbaada bir ulamoning tahoratsiz dars tayyorlamaganlarini, hatto dars tayyorlash uchun bir kechada 17 marotaba tahorat qilganliklarini eshitdim. Bugun bir ustozim qiziq gap aytdilar: "Shu kitobni tahorat bilan o‘qiyman deb niyat qilasiz va o‘qishga kirishasiz, Keyin birdan tahoratingiz (el chiqarib) sinib qoladi. Shayton shu ilmni tahorat bilan olsang yaxshi bo‘ladi deb vas-vas qiladi. Tahorat olib bo‘lgach, boshqa bir ishga, masalan: bir chashka ko‘fe bilan dars tayyorlash boshqacha bo‘ladi deb yana vas-vas qiladi. Shunday qilib seni 30 daqiqa vaqtingni olib qo‘yadi" deb aytdilar. Shu borada ikkilanish bo‘lib turibdi. Mumkin to‘g‘ri yo‘nalish bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayrim amallar uchun tahoratli bo‘lish shart qilinmagan. Ammo, doimo tahoratli holatda yurishning fazli kattadir. Aqoid, hadis va fiqh kabi ilmlarni o‘rganishda tahoratli holatda bo‘lishlik afzaldir. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar