Transportnыy kompaniya bergan penya

Assalomu-alaykum! Finlyandiya davlatidan kog‘oz ishlab chiqarish uchun xom-ashyo oldik. Shartnomada pul ularni xisob raqamlarida quringandan keyin 3 ish kuni yukni yuklab jo‘natishlari kerak edi, Namangangacha etkazib berish sharti bilan. Namangangacha etkazib muddati yuk yo‘lga chiqqanidan keyin 10 kunga kelishildi. Agar u kundan cho‘zilsa xar bir kech qolgan kuniga 100$ penya to‘laydigan bo‘ldi. Xammasi yozma shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan. Ular yukni yuklaganlaridan keyin yuk 30 kunda etib keldi, yani 20 kun kechikib. Kechikishini sababi ular xam boshqa transportnыy kompaniya bilan shartnoma qilgani, transportnыy kompaniya aybi bo‘lgani, ular xam transportnыy kompaniyadan olishini aytdi. Ular bizni xisob raqamga 2000$ qaytarib berishmoqchi. Biz u pulni olsak bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olishlaringiz mumkin, imkon boricha o‘zlaringiz ishlatmasdan faqir-miskinlarga tarqatib yuboringlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar