Qibladan boshqa tarafga qarab namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Men 5 oy oldin bir yangi ijara xonaga ko‘chib o‘tgandim kelganimdan. Kiblagoxni xato ko‘ribman shundan beri boshqa joyga qarab o‘qiyotganimni bugun bilib qoldim. O‘qigan namozlarim makrux bo‘lib qolmadimikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon bu darajada sodda bo‘lmasligi kerak. Hozir hammaning qo‘lida telefon. Unda qiblani aniqlab beradigan moslama bor. Dini uchun biroz harakat ham qilish kerakda. O‘sha birinchi boshlaganingizda ham qiblani aniqlash imkoniyati bo‘laturib qaramasdan namoz o‘qigan bo‘lsangiz qayta o‘qib olganingiz afzal. Chunki aniq bilishni imkoniyati bo‘laturib harakat qilmagan hisoblanasizlar. Bor imkoniyatingiz o‘sha kishini ko‘rsatmasigina bo‘lib, boshqa bilishning imkoni bo‘lmaganida edi, noto‘g‘ri tarafga qarab o‘qisangiz ham joiz bo‘lar edi. Chunki qiblani bilishdagi toqatingiz etgan narsa o‘sha kishidan so‘rab olish edi. Agar hozirgi qibla degan tarafdan o‘ng yoki chap tomonga 45 gradusdan ortiq burilmagan bo‘lsangiz namozlaringiz durust. 45 gradusdan ortiq bo‘lsa durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar