Auditorlikda xalol va xarom

Assalomu alaykum! Yaqinda men auditorlik sohasida ish boshladim. Audit – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib borish, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazish va davlatga topshirilayotgan soliq hisobotlarini haqqoniyligini tekshirishdan iborat. Odatda biz tekshirilayotgan korxona tarafdori bo‘lib ish yuritamiz. Maqsad "Soliq organlari" tomonidan korxona tekshiriliganda kamchiliklar chiqmasligi va jarimalar solinmasligi uchun. Bunda bizga korxona ish haqqi beradi. Yaqinda ustozim meni xizmat safariga yordamga chaqirdilar. U erga borganimdan so‘ng tekshirilayotgan korxona daromadining 3 dan 1 qismi spirtli ichimliklar ishlab chiqarish ekanligini bildim. Qolgan qismi qishloq xo‘jaligida sabzavot va mevalar etishtirish va eksport qilish ekan. Biz u erda ishni tugatganimizdan so‘ng korxona bizga ish haqqi to‘ladi. Savolim shuki, menga o‘sha korxona tomonidan berilgan pullarni ishlatsam bo‘ladimi? O‘zi bizning sohada yuqoridagi korxonalar kabi korxonalarda o‘z faoliyatimizda ishlashimiz joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Spirtli ichimliklarga aloqador hisob-kitoblar, hujjatlar bilan ishlasangiz joiz emas.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh xamrni, uning ichuvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, sotib oluvchisini, siquvchisini, siqtiruvchisini, ko‘taruvchisini va ko‘tartiruvchisini la’natladi», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar