Kitob ahlining payg‘ambarlarga atab chizgan rasm va haykallari

Assalomu alaykum! Kitob ahlining payg‘ambarlarga (alayhimussalom) atab chizgan rasm, olgan kino va yasagan haykallari joiz emasligi sababli, ularni falon payg‘ambar deyish-demaslik qanchalik to‘g‘ri? (Masalan, Rio shahridagi (Brazilya) najotkor Masih nomi bilan atalib keladigan haykalni bu Iyso alayhissalom emas deyishlik; chunki: ular (quruvchi - haykaltaroshlar) Iyso ibn Maryamni ko‘rishmagan, bizda (Islom dinida) esa payg‘ambarlarni ((alayhimussalom) tasvirlash man qilingan).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha haykal va suratlarni payg‘ambarlarga nisbat berish ularga nisbatan tuhmat qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 10:05 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar