Peshinning sunnatlarini kamaytirib o‘qish
Assalomu alaykum! Tanishlarim peshin namozini 2rakat sunnat 4rakat farz 2rakat sunnat qilib o‘qishadi. Aytishlaricha O‘zbekistondan boshqa barcha islom davlatlatda shu tarzda o‘qilar ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadislarda quyidagicha keladi: عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: حَفِظْتُ مِنَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَشْرَ رَكَعَاتٍ؛ رَكْعَتَيْنِ قَبْلَ الظُّهْرِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَهَا، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْمَغْرِبِ فِي بَيْتِهِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْعِشَاءِ فِي بَيْتِهِ، وَرَكْعَتَيْنِ قَبْلَ صَلَاةِ الصُّبْحِ، وَكَانَتْ سَاعَةً لَا يُدْخَلُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِيهَا.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘n rak’atni yodlab oldim: Peshindan oldin ikki rak’at, undan keyin ikki rak’at. Shomdan keyin uylarida ikki rak’at. Xuftondan keyin ikki rak’at uylarida. Bomdod namozidan oldin ikki rak’at. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kirilmaydigan payt edi».
Sharh: Shofe’iy va Hanbaliy mazhablari shu rivoyatga amal qiladilar. Undan sunnat namozni uyda o‘qish afzal ekanligi kelib chiqadi.
«U soatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kirilmas edi».
Chunki u zot bu paytda ibodat ila mashg‘ul bo‘lur edilar.وَعَنْهُ قَالَ: صَلَّيْتُ مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَبْلَ الظُّهْرِ سَجْدَتَيْنِ، وَبَعْدَهَا سَجْدَتَيْنِ، وَبَعْدَ الْمَغْرِبِ سَجْدَتَيْنِ، وَبَعْدَ الْعِشَاءِ سَجْدَتَيْنِ، وَبَعْدَ الْجُمُعَةِ سَجْدَتَيْنِ، فَأَمَّا الْمَغْرِبُ وَالْعِشَاءُ وَالْجُمُعَةُ فَصَلَّيْتُ مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي بَيْتِهِ.Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Peshindan oldin ikki sajda, undan keyin ikki sajda, Shomdan keyin ikki sajda, Xuftondan keyin ikki sajda, Jum’adan keyin ikki sajda o‘qidim. Shom, Xufton va Jum’aning (sunnatini) Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga uylarida o‘qidim».
Sharh: Ushbu rivoyatda «rak’at» so‘zi o‘rniga «sajda» so‘zi qo‘llanilmoqda.
Demak, o‘sha vaqtda ushbu istiloh ham ishlatilgan. Jum’adan keyin ikki rak’at sunnat o‘qishni Shofe’iylar mana shu rivoyatdan olganlar. Bu rivoyat ham oldingisini ta’kidlab kelmoqda. Faqat bunda Bomdod zikr qilinmagan. Aftidan, o‘sha kuni Ibn Umar yoki Bomdodni boshqa joyda o‘qiganlar yoki Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘qish imkonlari bo‘lmagan. Yoki avvalgi rivoyatda zikr qilinganidek, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kira olmaydigan vaqt bo‘lganligi uchun kirmaganlar.عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْهَا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ لَا يَدَعُ أَرْبَعًا قَبْلَ الظُّهْرِ وَرَكْعَتَيْنِ قَبْلَ الْغَدَاةِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ الْأُصُولُ الْخَمْسَةُ.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Peshindan oldingi to‘rt rak’atni va Bomdoddagi ikki rak’atni hech qo‘ymas edilar».
Ushbu uch hadisni beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu bobdagi uchta hadisda zikr qilingan namozlar ta’kidlangan sunnat namozlardir. Faqat Peshindan oldingi sunnatning soni ikki xil. Ikkisini ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘qiganlar. To‘rt rak’atlisini Hanafiylar, ikki rak’atlisini boshqa mazhablar olganlar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ta’kidlangan sunnat namozlariga Hanafiy mazhabi alohida e’tibor berib, Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlaridan hujjatlar keltirganlar.
U zot ba’zi vaqtlarda sunnat namozning qazosini o‘qiganlari haqida rivoyatlar ham bor.
Shuningdek, «Safarda yurib ketatyotib, sunnatni o‘qish imkoni bo‘lmasa, o‘qimasa, mayli. Ammo to‘xtab turganda o‘qiladi», deganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 153 | Namoz