Bomdodni qayta o‘qiymanmi

Assalomu alaykum! Men ba’zi vaqtlar bomdodga turganimda, tahorat qilganimda, maziy chiqadi, yana tahorat qilsam, yana chiqadi va bomdod vaqti chiqib qolay, deganligi uchun garchi maziy chiqqan bo‘lsa ham, uzrliman deb bomdodni o‘qiyveraman. Lekin peshingacha bu holat menda to‘xtaydi. Shu holatda o‘qigan bomdodlarimni qaytarib o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ushbu holat bomdod vaqti kirishidan boshlab to oxirigacha davom etsa sohibi uzr hisoblanasiz. Ammo bomdod vaqtining avvalida tahoratingiz sinmagan holda namozni o‘qishga imkoniyatingiz bo‘lgan bo‘lsa, namozlarni qayta o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 140 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar