Ot minish ayol kishiga harommi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayol kishiga ot minish harommi? Erkak kishiga bu sunnatmi? oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom emas. Bir narsaga harom deb hukm qilish uchun qat’iy dalillar bo‘lishi kerak. Ba’zilar: “Egarga mingan farjlarga la’nat bo‘lsin” degan ma’noda hadisni ayollar ulovga minmasligiga dalil qiladilar. Muhaddis ulamolarimiz bu ma’nodagi hadisni to‘qima deganlar. “Mavzuot” Mulla Aliy Qoriy. Erkak kishiga sunnat. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar