Qasr qilib o‘qiveramanmi

Assalomu alaykum! Men rossiyadaman ishxonadan kamondirovkaga jo‘natdi kelganimizga 15 kundan oshdi lekin qanchaga vaqtga kelganimizdi bilmayman bilmayman bir domillani maruzasini ko‘rdim unda aytilishicha 15 kundan oshsa lekin qanchaga vaqtga kelganini bilmasa qasr qilib o‘qiydi degan men qanday yo‘l tutay? 2). Ishimiz ko‘chada kun sovuq tayamum qilib o‘qiyapman savol namozdi kiyimimdi almashtirmasdan o‘qisam bo‘ladimi namozdi ko‘chada o‘qiganim uchun oyoq kiyimimdi echmasdan o‘qiyman o‘qiydigan joy kiyim toza bo‘lish kerak deyilgan borib almashtirib o‘qiy desam ko‘p vaqt ketadi boshliqlarga malol keladi qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Birov bir joyda o‘n besh kun yoki undan ortiq turishni niyat qilmagan bo‘lsa, qancha tursa ham, namozni qasr qilib o‘qiydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybarda yigirma kun turganlarida namozni qasr qilib o‘qiganlar.
Ibn Umar va boshqa sahobalarning yo‘lini Ozarbayjonda qor to‘sib qolganda, olti oy qasr namoz o‘qishgan.رَوَى الْبَيْهَقِيُّ فِي الْمَعْرِفَةِ بِسَنَدٍ قَالَ النَّوَوِيُّ: إِنَّهُ عَلَى شَرْطِ الشَّيْخَيْنِ - أَنَّ ابْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: ارْتَجَّ عَلَيْنَا الثَّلْجُ وَنَحْنُ بِأَذَرْبِيجَانَ سِتَّةَ أَشْهُرٍ فِي غَزَاةٍ، فَكُنَّا نَقْصُرُ Bayhaqiy «Al-Ma’rifa»da, Navaviy «Ikki shayx shartiga muvofiq», degan sanad ila rivoyat qiladi:
«Ibn Umar roziyallohu anhumo:
«Ozarbayjondagi g‘azotdaligimizda olti oygacha qor to‘sib qoldi. Namozni qasr qilib o‘qir edik», dedi».
2). Alloh taolo kasbingizga engillik va baraka bersin. Modomiki suv ishlatishga va uni isitishga qodir ekansiz tayammumga ruxsat yo‘q. Ust kiyim va oyoq kiyimda namozni man qiladigan miqdorda najosat bo‘lsa uni almashtirib ibodatni ado qilasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar