Homiladorga o‘qilgan nikoh
Assalomu alaykum! Bizning hanafiy mazxabimizda xomilador ayolga nikoh o‘qilmaydi, o‘qilsa xam bog‘lanmaydi to‘g‘rimi? Hanbaliy, Shofeiy, va Molikiy shu uch mazhabdan qaysi birida xomilador ayolga nikoh o‘qiladi? Bir birodarimiz so‘rashimni iltimos qildi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Homilador ayol bir necha turga bo‘linadi. Nikohda bo‘laturib, eri o‘lib yoki taloq qo‘ygan bo‘lsa bunday homiladorni begona odam to bolasini tuqqunicha nikohga olishi hech qaysi mazhabda yo‘q. Bir ayol zinodan homilador bo‘lgan bo‘lsa zino qilgan kishi uni o‘z nikohiga olishi va er-xotinlik aloqalarini qilishi joiz. Zino qilgandan boshqa odam nikohiga olmoqchi bo‘lsa u ham joiz, lekin bola tug‘ilgunicha yaqinlik qilish joiz emas. Shuning uchun ulamolar zoniya qizga uni zino qilgandan boshqa odamni uylanishidan qaytaradilar. Hadisda begonadan homilador bo‘lgan ayolga yaqinlik qilishni birovning ekiniga suv quyish deyilgan va bundan qaytarganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush