Kiyim

Assalomu alaykum,Odina opa.Sizdan bir masalada maslahat so‘rab savol yo‘llayabman.Bir necha yil avval teridan ishlangan kiyim sotib olgan edik.Yaqinda o‘sha kiyimni cho‘chqa terisidan ekanligini bilib qoldik.Sotib olayotgan vaqtda qanday teri ekanini tekshirishni bilmasdik.Savolim:o‘sha kiyimni musulmonlar davlatida emasligimizdan foydalanib biror dinsiz yoki g‘ayridinga berib yuborsak bo‘ladimi? Yoki axlatga tashlab yuborganimiz afzalmi?O‘sha kiyimni kiygan holda tushgan suratlarimni ham yo‘q qilishim kerakmi? Bilmay kiyib,tavba qilganim etarlimi? Lekin o‘sha suratlarni ko‘rsam harom narsani kiyib yurganim esimga kelaveryapti.Javobingiz,ajratgan vaqtingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
"g‘ayridin"ga sotib yuborsangiz bo‘ladi.suratlaringiz turaversin, avvalam bor bu narsalardan xabaringiz bo‘lmagan, qolaversa Alloh o‘sha holatdan shu holatga keltirganini surat eslatib turadi, shukr qilasiz.

5 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 158 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar