Logistika sohasiga oid savollar

Assalomu alaykum! Menda logistikaga oid bir necha savollar yig‘ilib qolgan edi, ijozatingiz bilan bularni bersam. 1. Mening ishim ma’lum bir internet saytlaridan yuk olib, yuk va treyler ma’lumotlarini haydovchilarga berish, lekin ko‘pincha biz shu treylerlarning ichida nima borligidan xabarimiz bo‘lmaydi, (alkogol va sigaret mahsulotlaridan tashqari, ularni tashimaymiz), shunday vaziyat bo‘lsa, va shu treylerning ichidagi narsaga biz mas’ul bo‘lamizmi? 2. Bizda bu sohada ko‘pincha shunday ish bo‘ladi: masalan, yukni 1,500 so‘mga olamiz, lekin shu yukni haydovchiga 1,000 so‘mga beramiz, shu ish to‘g‘rimi? Shartnomada qanday gaplashilganligi haqida ma’lumotim yo‘q, yuk o‘lingan narxini berish, yoki ko‘ndirilganligiga haqida 3. Amazon yuklarida kechikish va yukni o‘z vaqtida olmaslikga qattiq qaraladi. Shu vaziyatda yukni olishga kech qolmaslik uchun bir ilova orqali haydovchini shu erga etib kelganini ko‘rsatsa bo‘ladi, aslida haydovchi yo‘lda bo‘ladi, shu ish qilinishi to‘g‘rimi? Javoblar uchun oldindan rahmat, javobingizni kutib qolaman, bu juda muhim, o‘zim bilmagan holda harom luqma eyib qo‘yishdan qo‘rqayapman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Imkon boricha aniqlashtiring. Undan ortig‘iga javobgar bo‘lmaysiz.  2). Bu holatning hukmi siz, yuk beruvchi taraf va yuk tashuvchi taraflar o‘rtasida qanday shartnomalar tuzilganiga bog‘liq. Agar siz yuk tashuvchi taraf bilan yuk topib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan bo‘lsangiz yuqoridagi ishingiz joiz bo‘lmaydi. Bu vaziyatda yuk tashuvchi tarafga yuk tashish uchun berilayotgan asl narxni ma’lum qilishingiz va undan o‘z hizmatingiz uchun alohida ish haqi so‘rashingiz lozim. Agar yukni belgilangan joyga etkazib berish uchun shartnoma siz va yuk beruvchi taraf o‘rtasida tuzilsa va bu ishning bajarish mas’uliyati sizning bo‘yningizga tushsa, boshqalarni ishga yollab shu ishni bajartirishingiz joiz. Bu umumiy holatdagi hukmdir. Shartnomadagi xos shartlarga ko‘ra hukm boshqacha bo‘lishi mumkin.3). Joiz emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar