Dadam yomon holatda vafot etdilar
Assalomu alaykum! Bu savolni yozish menga og‘irlik qildi ammo so‘rashga jur’at etdim. Dadam bizni 5yoshligimda tashlab ketganlar, keyinchalik ham ko‘p azoblar berganlar, bizga yordam ham bermaganlar, biror marta hol ahvol so‘rab kelmaganlar. 4 yil oldin dadam vafot etdilar. Vafotlari juda ayanchli bo‘ldi, do‘stlari bilan suv hafzasiga bordilar va u erda ular bilan aroq ichishdi, keyin tepadan suvga sakraganlarida boshlari bilan tosh ustiga tushdilar va oqar suv bo‘lganligi sababli suv ularni oqizib ketdi. Keyin 2kun qidirilgandan so‘ng qo‘shni viloyat hududidagi kanallardan biridan topildilar. Eshitishimga qaraganda tanalarini yuvganda ilvirab qolibdi, bularni yozish qiyin bo‘lyapti. Keyin janoza o‘qilmasdan dafn etildilar, chunki o‘sha payt mast bo‘lganlar. Endi ularning taqdiri qanday bo‘ladi? Janoza o‘qilmay ko‘milgan inson jahannam qa’riga tashlanadi deb eshitdim. Ularning holi qanday? Qabrda hollari qanday bo‘ladi? Bunday insonlar jannatga kirishlari mumkunmi? Ularga qandaydir yordam bersa bo‘ladimi duo va shu kabilar bilan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kim qanday yashasa shunday o‘ladi. U yog‘i Allohga havola. Siz duolarda eslab turavering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kim qanday yashasa shunday o‘ladi. U yog‘i Allohga havola. Siz duolarda eslab turavering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar