Uy joy masalasi
Assalomu alaykum! Erim olamdan o‘tganlar 3 nafar farzandim bor. Ularni iloji boricha ko‘nglimni o‘ksitmasdan xalol mexnat bilan boqopman. Qayna qaynatam bizlarni uch bolam bilan uydan chiqarmoqchi. Bizani boshqa boradigan joyimiz yo‘q. Ota onam uyiga boray desam u erdayam kelinlar bor. Qaynatamga bu erimmiyam uyi chiqmimiz uydan desam qo‘ymayapti, bollarimni xaqi bor uyda o‘tiramiz desam bollaringni xaqqi yo‘q deb aytopti. Bollarim uchchalasiyam qiz farzand, sudga murojat qilsam o‘g‘liz yo‘qku chiqasizlar deydi. Qiz farzanddi ota uyiga xaq xuquqi yo‘g‘mi? Nima qilay, erimmi uyini etimni xaqqini tashab chiqib ketaymi yoki o‘tiraveraymi. Xovli bitta, o‘rtasi bo‘linmagan, qayni ukam xam bor bitta.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vafot etgan inson biror mol-mulk qoldirgan bo‘lsa, shariat qoidalariga ko‘ra merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlanishi lozim. O‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar