Nisob egasimanmi?

Assalomu alaykum! O‘tgan yil Ramazonda 2500$ bor edi, nisob egasi edim, zakot chiqarib berdim, qolgan pulni qarzga bervordim. Shu pulni taxminan yarmini berishti men uni ishlattim yil ichida, taxminan qolgan yarmidan olish umidi bor. Undan tashqari oxirgi yarim yillarda qo‘limga yana 1400$ pul tushti. Bu pul 1 yil aylanmadi, lekin bu yil xam Ramazonda nisob egasi bo‘lyapman (qarzdorlarni qo‘shganda). Zakot manga bu yil vojibmi? Ikkilanib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozir o‘zingizda va boshqalarga bergan qarzingiz qo‘shilib nisobga etsa zakot chiqarasiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 150 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar