Ko‘p sarf-xarajat qilish gunohmi?
Assalomu alaykum! Bir do‘stim bor. U bilan deyarli haftada 2-3 marta kafelarda bazm qilamiz. Lekin har safar o‘tirganimizda anchagina pul sarf bo‘ladi. Englar, ichinglar lekin isrof qilmanglar, degan gapni eshitgan edim. Lekin biz hech narsani isrof qilmaymiz. Biz ko‘p pul sarflaganimiz uchun gunohkor bo‘lmaymizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kirim insonning ixtiyoridagi narsa emas. Alloh hammaning rizqini belgilab qo‘ygan. Chiqim esa bandaning ixtiyoridagi narsadir. Bir hunarmand shahar aylanib yurganida minorasi yo‘q jome masjid yonidan o‘tib qoladi. Shu masjidga baland, ko‘rkam, azon aytilganida uzoqlarga eshtiladigan bir minora qurib, ortidan sadaqai joriya bo‘lib qolishni qalbiga tugadi. Hunarmand boy emasdi, shunday bo‘lsa-da, kunlik xarajatidan ba’zi birlarini qisqartirdi va ularga ketadigan mablag‘ni bir xumchaga to‘play boshlaydi. Oradan 10 yillar o‘tib, xumcha to‘ladi. Hunarmand shahar qozisining oldiga borib o‘sha masjidga minora qurishga izn so‘raydi. Qozi hunarmandning tashqi holiga qarab, avvalo buncha mablag‘ni qaerdan topganini surishtiradi. Hunarmand qanday topganini ochiq-oydin bayon qilganidan keyin qozi unga minorani qurishga ijozat beradi. Ustalar yollanib, mablag‘ sarflanib jome masjidga baland, azonni uzoqqa eshitiladigan ko‘rkam bir minora qad rostlaydi. Shunda hunarmand minoraga qarab: “Ey nafs sal qolsa shu katta minorani yutib yuborar eding-a?!” deydi. Har bir mo‘min musulmon, oxiratga iymon keltirgan kishi hoyu-havas, usiz ham ish bitadigan o‘rinlarga sarflanadigan mablag‘ni o‘zidan keyin savobi to‘xtamay borib turadigan sadaqai joriyalarga sarflashga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar