Damas kassasi

Assalomu alaykum! Men damasimni xaydovchimga kassaga bersam bo‘ladimi? Mandan moshinani oladi kechkacha ishlaydi misol uchun topkan bir kunlik puli 250 ming so‘m bo‘lsa 10 mingi litsenziya to‘loviga va 40 mingi yoqilg‘iga sarf etiladi. Keyin qolgan 200 yuzmingi teng o‘rtadan bo‘linadi. U 100 ming man 100 ming olaman, moshinani chiqimlari yani buzilip qolsa mani yonimdan sarf etiladi. Shu ishimiz halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sof daromadni ikkiga bo‘lishni kelishsangiz joiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar