Tog‘li xududda Asr vaqti
Assalomu alaykum! Assalomu alaykum! 1.Biz yashayotgan hudud 4 tomondan baland osmono‘par tog‘lar bilan qoplangan. Ayniqsa, quyosh chiqish va botish tomondagi tog‘lar juda baland bo‘lib, bir-biriga ancha yaqin, taxminan 10-11 kilometrni tashkil qiladi. Biz kun botish tomondagi tog‘ga yaqin turamiz. Taqvim bo‘yicha asr vaqti kirgandan keyin 1 soatlar o‘tib bizning qishloqqa kun botib yani, tog‘ning soyasi tushib boshlaydi. Kun botish jarayonida quyosh o‘z ichiga o‘zi botmasdan, qizg‘ish tusga kirmasdan, kun davomida qanday olovli bo‘lsa shunday botadi. Kun chiqar tarafdagi qishloqlar va tog‘ga bizdan keyin 50-55 daqiqalardan so‘ng kun shafaq bo‘lib botadi. Bu erda tog‘lar bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun kun chiqishi va botishini har bir zarrasigacha aniq-tiniq kuzatish mumkin. Savolim shuki, bu vaziyatda asr vaqti quyoshning soyasi bizga tushgan vaqt chiqqan bo‘ladimi yoki qarshi tarafdagi tog‘ga to‘liq botgandan keyin chiqqan hisoblanadimi? Shu jumladan kun botayotganda namoz o‘qib bo‘lmaydigan vaziyat ham qaysi vaqtga mos tushadi? Bizga tog‘ning soyasi tushgandan boshlab hisoblaganda 1 soatdan keyin shom vaqti kiradi (sizlarda aniqroq taassurot uyg‘onishi uchun aytyapman buni). 2. Yashayotgan hududimiz tuman markazidan chamasi 100 kilometr uzoqda, yani kun botish tomondagi tog‘ning orqa tarafida. Taqvimlarda Toshkentdan +7, etti daqiqa orqada qilib ko‘rsatilgan lekin bizning har tarafimiz tog‘lar bilan o‘ralganligi sabablimi muslim pro yoki shunga o‘xshash taqvimni ko‘rsatuvchi ilovalarda joyni avtomatik aniqlashga qo‘ysak shom vaqtini toshkent vaqtidan ham 3-4 daqiqa oldinda ko‘rsatadi. Shunda bizning tuman markazi bilan oradagi farq 10 daqiqaga etmoqda. Biz og‘iz ochishda qaysi biriga amal qilaylik +7 gami yoki -10ga? Yoki kun chiqishdagi tog‘ga shafaq to‘liq botgandan keyin shom namozini o‘qiyveraylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shafaq bilan botgan vaqtda shom kiradi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 00:31 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shafaq bilan botgan vaqtda shom kiradi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 00:31 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar