O‘zganing haqi

Assalomu alaykum! Qilayotgan savobli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin! Men kichik turdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Asosan ishim buyurtma asosida amalga oshiriladi. Buning uchun avvaldan tovarning ma’lum bir qismini olsa bo‘ladimi? Men ko‘pincha insonlarni ovora qilmaslik maqsadida avvaldan mablag‘ni olmayman, ular ham meni buyurtma tayyor bo‘lgandan so‘ng 100% mablag‘ni berib, aniq olib ketishligini aytib, meni ishontirishadi. Lekin ba’zi insonlarga buyurtmaligi tayyor bo‘lganini aytsam ham olib ketishmaydi yoki umuman telefonni ham ko‘tarishmaydi, javob berishmaydi. Savolim shundan iboratki, bu ularning zimmasida qarz bo‘lib qoladimi? Ahir ularning buyurtmaligi uchun harajat qilganmiz?! Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oldindan harajatingizni yoki olib ketmay qolsa ko‘radigan zararingizni o‘zini talab qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 23:18 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar