Sug‘urta masalasi

Assalomu alaykum! Men koreya davlatidaman. Bu erda majburiy sug‘urta tulovi bor ekan. Xar oy malum miqdorda. Mening vizam turida to‘lov borligi xaqida xabarim yo‘q edi. Balki tilni yaxshi bilmaganimdan bilmay qolganman. Xozirda 1 milion 60 ming von miqdorda qarz ekanman. Xozir vatanimga qaytib ketmoqchiman. Qarzdorlikni to‘lamay chiqib ketsamxam bo‘ladi. Niyatim to‘lab chiqib ketish edi. Sug‘urta qilish shar’an xaromligi xaqida o‘qib qoldim. Nima qilay, shu pulni to‘lashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar bu to‘lov majburiy bo‘lsa va masalaning boshqa qonuniy echimi bo‘lmasa to‘lashingiz joiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar