Kibr emasmikin

Assalomu alaykum! Sinfdoshlarim choyxonalarga chaqirishdi, avvallari borar edim. Ba’zi diniy ilmlarni o‘rgangan sarim sinfdoshlarim ko‘zimga boshqacha yomonroq odamlardek ko‘rinib ketishadi ba’zida. Choyxonaga bormaslikning sababi sinfdoshlarimni muomalasi yaxshi emas, so‘kninib, bexayo gaplarni gapirishadi ularni xulqi manga yoqmiydi. Shu sababdan borgim kelmaydi. Diniy ilmlarni masalarni o‘rganganim sari bazida sinfdoshlarim do‘stlarimdan uzoqlashib qolmoqdaman. Bu kibr emasmikin, lekin men dunyoqarashi fikrlashi xulqi menga to‘g‘ri kelmaydigan odamlar bilan do‘stlasha olmayman. Nomigagina gaplashib yurishim mumkin, lekin kalin do‘st bo‘lolmayman. Chunki ularni faxsh gaplar gapirishi so‘kinishi bir uyat bexayo so‘zlarni ko‘p gapirishi menga yoqmaydi. Bu kibr emasmikin, o‘zimdagi xolatni tushuna olmayapman. Sinfdoshlarim menga yomonlik qilishmagan, lekin xulki muomalasi yaxshi bo‘lmagan sinfdoshlardan uzoqlashish kibrga kirmaydimi? Agar ularga yaqinlashsam meni ular “xa qori aka, xa domla” deb atashi, istexzo qilishi yoki ular faxsh gaplarni aytishsa bu gaplarni tinglab ular bilan o‘tirib gunoxga sherik bo‘lish extimoli bor. Maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday vaqtda “Meni kasofatimga ular biror baloga uchramasinlar” degan fikrda bo‘lsangiz qalbingizga kibr oralamaydi. Chunki siz joiz emasligini bilib ular bilan o‘tirgan bo‘lasiz. Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi:  وَإِذَا رَأَيْتَ الَّذِينَ يَخُوضُونَ فِي آيَاتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّى يَخُوضُواْ فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ الشَّيْطَانُ فَلاَ تَقْعُدْ بَعْدَ الذِّكْرَى مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ۝ 68. Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho‘ng‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga sho‘ng‘igunlariga qadar ulardan yuz o‘gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng zolim qavmlar bilan o‘tirma!
Iymon masalasida zid bo‘lgan qavm bilan birga o‘tirish, uns-ulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, o‘sha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan bo‘lsalar, ularning bu istehzolarini tinglab o‘tirish hech to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo O‘z Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning «zolim qavmlar» – mushriklarning o‘shanday majlislarida o‘tirishlarini man qilmoqda.
«Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho‘ng‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga sho‘ng‘igunlariga qadar ulardan yuz o‘gir».
Demak, unday qavm qurgan majlisga yaqinlashish ham mutlaqo mumkin emas. Agar gap nima haqida ketayotganidan bexabar holda yoki ushbu amri ilohiyni unutib qo‘yib, ular bilan o‘tirib qolingan bo‘lsa,
«Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng zolim qavmlar bilan o‘tirma!» degan ko‘rsatmaga binoan, u majlisdan darhol turib ketish lozim. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:47 | Savol-javoblar | 145 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar