Telefondagi xamyon

Assalomu alaykum! Mening telefonimda chet el xamyoni bor, bizning payme va klisk ilovamizga o‘xshaydi. Ular «bonus» sifatida, agar u xamyonda 1 oy mobaynida 15$ bo‘lsa, u ilova sizga bonus sifatida ustiga 20$ beradi. Agar do‘stingizni taklif kilsangiz va u do‘stingiz shu ilovani yuklab olsa, sizga ustidan yana 20$ bonus beriladi. Aytingchi, buning qaysi biri xalol va xarom?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkisi ham joiz emas. Birinchisi ribo. Ikkinchi ishingiz dallollik uchun haq olishga tushsa ham, bu bilan riboga sababchi bo‘lib qolasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 184 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar