Kalimani o‘rgatish haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir muammo bu barchammizniki dep uyladim meni kasbim nonvoylik, odatda bizda ishchilarning aksari 2-3 oy ishlagani sabablik ko‘p 20da 30 yoshgacha bollar ishlaydi. Ming afsuski shulardan 10tadan 1tasi iymon kalimasini biladi. Bu bizning yurtimizdagi yoshlardir. Men shunday yoshlarga kalimasini xech bo‘lmasa birmarta ayt dep xarifmi xarif ayttirib qo‘yaman. Bazilari yodlashga xam keladi men o‘zi unchalik ilimlik emasman, kalimasini bilmedigon yoshlarimmizga shu kalimasini bir marotaba o‘qitib qo‘ysam menga savob bormi? Bir insonni imoniga sababchi bo‘lamanmi? Bu kalimani bilmaslik bizlarga uyatku, agar imkoni bo‘lsa xar juma kunlari kanalingizda kalimalarni yozib jo‘natib tursangizlar. Shoyatki kalimasini bilmaydigon yoshlarimmizga yordam bo‘lsa. Hozirgi yoshlarimmiz kitob o‘qishdan ko‘ra telfondan ko‘proq foyodalanadi. Shuning uchun iloji boricha xar juma. Kalimani eslatib turilsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar siz kabi barcha boshliqlar qo‘l ostidagilarga ozgina-ozginadan bo‘lsa ham diniy ta’lim berib tursa yurtimiz barakaga to‘lib ketadi. Bor gap siz kabi din-diyonatli insonlar “Menga nima” deb tashlab qo‘yayotganlari achinarli holat. Din faqat domlaning ishi emas, butun ummatning ishidir. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Mendan bir oyatni bo‘lsa ham o‘zingizdan boshqalarga etkazing” ya’ni bir oyatni bilsangiz ham o‘sha oyatni boshqalarga o‘rgating deganlar. Oldingi ota-onalarning barchasi o‘z farzandlariga iymon kalimalarini va Fotiha surasini o‘zlari yodlatishga harakat qilar edilar. Chunki u har bir namozda takror-takror o‘qiladigan kalima va suralar bo‘lib, kim necha bor o‘qisa uni ta’lim berganga shunchalar savob bo‘lishini bilganlar. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 14:34 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar