Zakotni hisoblash

Assalomu alaykum! Misol uchun o‘tgan ramazonda 5000 dollar pulim bor edi va yil davomida to kamayib to 7000 dollargacha ko‘payib bordi, bu yil ramazonda pulim 3000 dollarni tashkil etyapti. Zakotni yil boshidagi 5000 dollardan xisoblaymanmi, yil o‘rtasidagi 7000 dollardan hisoblaymanmi yoki xozirgi 3000 dollardan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirda qo‘lingizda bor pulga qaraysiz. Agar nisobga etarli miqdorda bo‘lsa zakotini berasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 149 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar