Hanafi mazhabida soqolning uzunligi
Hurmatli ustoz sizga sihat va barokotli umr tilagan holda quyidagi savol ila murojaat qilishga ijozat berasiz:1. Siz aziz ustozimizga bir muddat avval hanafi mazhabida soqolning uzunligi haqida savol yullab, bizning mazhabda soqolning uzunligi muayyan uzunlikda bulishi keraligi haqida qat‘iy gap yuq, degan javob olgan edim (javobizdan shunday ma‘noni tushungan edim). Boshqa tildagi hanafi web sahifalaridan quyidagi javobni uqidim:Durr Al Muhtarda quyidagicha deyilgan: Bir musht/tutam uzunlikdagisi sunnatdir. Shimoliy Afrikaliklarning amaliga uhshab soqolni bu uzunlikdan qisqartirishni hech kim [Hanafi mazhabida] joiz deb aytmagan. Ibn Abidin ham Durr Al-Muhtarga yozgan sharhida shu fikrga qushilgan. Iltimos shu masalasni biroz izohlab bersangiz.2. G‘arb davlatlarida bemalol soqol bilan yursa buladi, bunga hech qanday hafv yuq. Ammo ishga topshirayotganda biroz noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Chunki odatda g‘arbliklarning ishdagi kurinishi soqolsiz bulishi kerak. Albatta ular ishga olinmaganlikka sabab qilib buni ochiq aytmaydilar, chunki diskrimina’iyaga qarshi qonunlar mavjud. Bunday vaziyatda ba‘zi musulmonlarning soqollarini olib tashlagan holatlari ham bulmoqda. Bu islom ta‘limotlariga kura joizmi? 3. Yana bir toifa musumonlar borki, ular G‘arbda Islom uchun hizmat qilmoqdalar. Ularning da‘volariga kura nomusulmonlarni islomga chaqirish maqsadida ularga biroz yaqin bulish uchun soqolni olib tashlasa bu joiz. Hatto yuqori maqomdagi ilmlilarida ham soqoldan asar yuq. Bu toifa insonlar ham hanafi mazhabiga amal qiluvchi musulmonlar (asosan Turklar). Ularni bu ishlari joizmi?Alloh sizdan rozi bulsin va bahtimizga siz kabi ulamolarning sanog‘ini orttirsin!!JazakAllahu khayr..
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Soqolning uzunligi bir tutam bo‘lishi Ibn Umardan olingan. Sunnat amal bundan boshqasi mumkin emas deganimas. Misol uchun, bir odamning soqoli bir tutamdan ko‘p bo‘lsa, gunohkor bo‘lmaydi. Men shuni aytgan bo‘lsam kerak.2. Joiz emas.3. Joiz emas.
28 Aprel 2022, 18:05 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Soqolning uzunligi bir tutam bo‘lishi Ibn Umardan olingan. Sunnat amal bundan boshqasi mumkin emas deganimas. Misol uchun, bir odamning soqoli bir tutamdan ko‘p bo‘lsa, gunohkor bo‘lmaydi. Men shuni aytgan bo‘lsam kerak.2. Joiz emas.3. Joiz emas.
28 Aprel 2022, 18:05 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom