Xalqaro pul naqdlash

Assalomu alaykum! Ustozimiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf raximaxulloxning bir birlikdagi pulni boshqa pul birligiga almashtirish joiz deganlarini eshitgan edik. Bir davlatdan boshqa davlatga bank orqali pul o‘tkazilsa va xisob raqamdagi pulni naqd qilib kaytarib oborib berilsa (dollarga dollar) ma’lum miqdordagi xizmat evaziga, shu dinimizda joizmi? Bir davlatdan boshqa davlatga o‘tganligi uchun makonning axamiyati bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulni bir davlatdan boshqa davlatga o‘tkazib berganingiz uchun haq olishingiz joiz. Pulni naqdlashtirib berganingiz uchun haq olishingiz esa joiz emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar