Musofir

Assalomu alaykum! Musofirlikdan o‘z uyiga bormasdan lekin uyiga yaqin bo‘lgan joyga borsa, masaln uyidan 25km masofada bo‘lgan joyga, keyin o‘sha erdan qaytsa masalan Qarshidan Samarqandga shunda u Samarqanddan 14 kunga niyat qilsa qaytishni uyiga emas lekin uyiga yaqin joyga. Shunda Samarqandga borganda qasr qilib o‘qiydimi namozlarini?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Borib tushgan joyida 15 kun va undan ko‘proq turishni niyat qilmasa, vatani asliyga qaytmagan bo‘lsa musofirligicha qoladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar