Odoblar xazinasi kitobi

Shayx xazratlari men bir necha oy oldin "Odoblar xazinasi" kitobining 3 va 4 chi juzlarini olgan edim keyin bilsam mendagi kitoblar siz o‘zingiz sotilishiga ruxsat bermay turib (noqonuniy yo‘l bilan bo‘lsa kerak) olib chiqib sotilgan kitob ekan men ushbu kitoblarni nima qilay birontasiga berib yuboraymi yoki boshqa maslahat berasizmi yana bundan bir necha yil oldin "xikmatlar xazinasi"ning 1-2 sonlarini ko‘chirib yozilgan diskini olgan edim keyin "Zikr ahli" kitobchangizda "mualliflik xuquqlari to‘g‘risida"gi gaplarni o‘qib o‘sha disklarni bir do‘stimga savobini Shayx Xazratlariga degan niyat bilan berib yubordim iltimos shu narsaga xam rozi bo‘lsangiz chunki unda bilmas edik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kitobni chop qilganlardan so‘rashingiz kerak. Men o‘z haqimga roziman. Bosmaxonada o‘g‘rilik va mutahamlik asosida harom yo‘l bilan siz aytganga o‘xshash ish qiladiganlar bor ekan. Ammo sizga o‘xshagan halol kishilar o‘sha haromxo‘rlarning fosh qilishdi.

30 Aprel 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar