Nasiya to‘g‘risida savol

Assalomu alaykum! Birov menga ekskavator olib 2 yilga nasiyaga olib berib turishimni, 2 yilda uzishini, ya’ni xar oyda kelishim asosida menga to‘lab borishini, bu orada meni ishlab topgan foydasiga 3/2si o‘ziga va mashina remontiga, 3/1ni esa menga berib turmoqchi. Shu kelishim joizmi? Bo‘lmasa men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasiyaga o‘sha narsani sotishingiz joiz. Ishlab topgan foydasiga sherik qilishining iloji yo‘q, chunki o‘sha mashina nasiya savdo orqali uning to‘liq mulkiga o‘tgan bo‘ladi. Siz o‘sha mashinani nasiyaga biroz qimmatroqqa sotishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:28 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar