wi-fi tarqatuvidan foydalanish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sartaroshxonamizga mijozlarimiz navbat kutib o‘tirishlari uchun wi-fi tarqatib qo‘ymoqchi edik. Bir birodar bilan shu haqida o‘ylab qoldik agar biz tarqatayotgan wi-fi dan mijozlarimiz noto‘g‘ri maqsadda foydalanishsa (misol uchun shari’at ruxsat bermagan materiallarni ko‘chirishsa: faxsh va zinoga targ‘ib qiluvchi videolarni) biz ham bu ishga sababchi bo‘lib qolmaymizmi? Javobingiz uchun rahmat. Alloh yaxshilik bilan mukofotlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar ochiq-oydin faxsh narsalarni ko‘rishayotganini bilib turib indamasangizlar gunohiga sherik bo‘lasizlar. Biror mutaxassis topib shunday joylarga kirmaydigan qilib qo‘yinglar. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 92 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar