Betob holda ro‘za tutsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men hozirda kasalxonada edim oshqozonimda yara bor va oxirgi marotada 2kun ro‘za tutganimdan so‘ng oshqozonim qonab qonim kamayib ketdi shundan beri haliham kasalxonadaman lekin hozir oshqozonim bezovta qilmayabdi, in shaa Alloh ertadan ro‘za tutmoqchi edim va hozirda har-xil tomchi dorilar olayabman, har-xil tomirga qilinadigan dorilar ro‘zani buzmaydimi va bu holatda men ro‘za tutsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolar "Tomirdan ukol olinsa ro‘zani ochiladi, teri ostiga qilinsa ochilmaydi" deganlar. Siz davolanishlarni tugatib ro‘za tutib ko‘ring. Agar zarar bo‘lmasa tutaverasiz. Tutmagan kunlaringizni qishning qisqa kunlarida qazosini tutib bersangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 165 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar