Sura tafsiri
Assalomu alaykum! «Tafsiri Hilol» kitobini elektron variantining «Yasin» surasini ikkinchi mubinida bir qavm haqida hikoya qilingan, lekin bu hikoya sahih hadisda kelmagan deb, Alloh rozi bo‘lsin ustozimiz bu qavm haqida ozroq ma’lumot berganlar! Savolim: «Youtube»da «Ishoqjon domla» «Yasin» surasini tafsir qilganlar va ikkinchi mubindagi qavm haqida ko‘proq hikoya qilganlar. Shu ma’ruzani eshitib, amal qilib, hayotga tadbiq qilsak, odamlarga etkarsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda ikki narsani e’tiborga olish kerak. 1-ilmiy jihatdan xabarning darajai qanday ekanligini aniqlash. 2-o‘sha hikoyadan ibrat olish. Hazrat rahimahulloh birinchi jihatni e’tiborga olganlar, Ishoqjon domla esa ikkinchisini. Hadislar o‘ta darajada zaif bo‘lmasa ibrat uchun zikr qilishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim