Davlat byudjetidan ajratilgan pul

Assalomu alaykum! Davlat bir narsa olish uchun 1.000.000 pul ajratdi. Mas’ul shaxs uni 250.000ga oldi, lekin qog‘ozda 750.000 qilib ko‘rsatdi. Shu durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ochiq-oydin hujjatli qaroqchilik hisoblanadi. Buni azobi o‘ta o‘ta og‘ir bo‘ladi. chunki qaysi mamlakatda nechta axoli bo‘lsa, hammasini o‘sha davlatni byudjetidan o‘g‘irlanganda haqqi bo‘ladi. عن أبي رافع رَضِي اللهُ عَنْهُ قال : كان رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إذا صلى العصر ربما ذهب إلى بني عبد الأشهل فيتحدث معهم حتى ينحدر المغرب ، قال أبو رافع : فبينا رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لم مسرعا إلى المغرب إذ مر بالبقيع فقال : " أف لك . . أف لك " مرتين ، فكبر في [ ذرعي ] وتأخرت وظننت أنه يريدني ، فقال : " ما لك ؟ امش " قال : قلت : أحدثت حدثا يا رسول الله ؟ قال : " وما ذاك ؟ " قلت : أففت بي ، قال : " لا ، ولكن هذا قبر فلان ، بعثته ساعيا على آل فلان ، فغل نمرة فدرع الآن مثله من نار"  Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam asrni o‘qigach gohida Banu Abdul ashhar qabilasiga borar va shomgacha ular bilan suhbatlashar edilar. Bir kuni shomga shoshilib kelayotib Baqe’ning oldidan o‘tdilar va “Uf bo‘lsin senga uf bo‘lsin” deb ikki bor aytdilar va takbirni aytdilar. Men orqaga tisarildim va “U zot menga shunday deyaptilar” deb o‘yladim. Shunda u zot “Senga nima bo‘ldi, yur” dedilar. Men “Biror ish qildimmi yo Rasululloh” dedi. U zot “Nega bunday deysan” dedilar. “Menga uff dedingizku” degan edim, u zot “Yo‘q, bu falonchining qabri, uni falon qabilaga amaldor qilib jo‘natgan edim u ulardan namirani urib qolgan ekan. o‘sha namiraning mislicha do‘zaxdan unga kamzul kiydirilibdi” dedilar.

*Namira qadimda arablar kiygan jundan tayyorlangan kiyim ekan.
Davlat hisobidan olib qolingan bitta kiyim uchun do‘zaxdan kamzul kiyilsa milionlab urib qolayotganlarning holini tasavvur qilavering. Bu ishlari bilan ular o‘zlariga do‘zaxni naqd qilib olgan bo‘ladilar.
Alloh taolo "Oli Imron" surasida marhamat qiladi:   وَمَا كَانَ لِنَبِيٍّ أَن يَغُلَّ وَمَن يَغْلُلْ يَأْتِ بِمَا غَلَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ثُمَّ تُوَفَّى كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لاَ يُظْلَمُونَ۝  161...Kimki o‘ljaga xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan keladir. So‘ngra har bir jon kasb qilgan narsasini to‘liq oladir. Ularga zulm qilinmas. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ، قال : قام فينا رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يوما ، فذكر الغلول فعظمه وعظم أمره ، ثم قال : " لا ألفين أحدكم يجيء يوم القيامة على رقبته بعير له رغاء ، فيقول : يا رسول الله ، أغثني . فأقول : لا أملك لك من الله شيئا ، قد أبلغتك . لا ألفين أحدكم يجيء يوم القيامة على رقبته فرس له حمحمة ، فيقول : يا رسول الله ، أغثني . فأقول : لا أملك لك من الله شيئا ، قد أبلغتك . لا ألفين أحدكم يجيء يوم القيامة على رقبته رقاع تخفق ، فيقول : يا رسول الله ، أغثني ، فأقول : لا أملك لك من الله شيئا ، قد أبلغتك . لا ألفين أحدكم يجيء يوم القيامة على رقبته صامت فيقول : يا رسول الله أغثني . فأقول : لا أملك لك من الله شيئا ، قد بلغتك"  Imom Buxoriy, Muslim va Ahmad rahmatullohi alayhim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Nabiy alayhissalom bir kuni g‘alulni zikr qildilar, uni katta gunoh deb tushuntirdilar va so‘ngra shunday dedilar:
«Sizlardan birortangizning qiyomat kuni huzurimga elkasida bo‘kirib turgan tuya bilan kelganini ko‘rmayin. «Ey Allohning Rasuli, menga yordam bering», – desa, «Senga Allohdan kelgan azobdan hech narsani qaytara olmayman, senga etkazgan edim-ku!» – demayin. Sizlardan birortangizning qiyomat kuni huzurimga elkasida kishnab turgan otni ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. «Ey Allohning Rasuli, menga yordam bering», – desa, «Senga Allohdan kelgan azobdan hech narsani qaytara olmayman, senga etkazgan edim-ku!» – demayin. Sizlardan birortangiz qiyomat kuni huzurimga elkasida tilla, kumush ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. «Ey Allohning Rasuli, menga yordam bering», – desa, «Senga Allohdan kelgan azobdan hech narsani qaytara olmayman, senga Allohning amrini etkazgan edim-ku!» – demayin».
«So‘ngra har bir jon kasb qilgan narsasini to‘liq oladir. Ularga zulm qilinmas».
Ya’ni har bir insonga bu dunyoda qilganiga yarasha – oshirmay va kamaytirmay, adolat bilan, zulm qilmasdan, mukofot yoki jazo beriladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar