Qizlarni uyidan uzoqda ishlashi
Assalomu alaykum! Men chekka qishloqda yashayman, Samarqand shaxrida ishlamoqchiman, Shaxar 75 km uzoqlikda. Men Korzinka.uz supermarketida ishlamoqchiman. U erda namoz o‘qish va xijoblanishga taqiq yo‘q bo‘lsa, spirtli ichimlik va sigaret sotimasa ishlasam bo‘ladimi? Faqat ko‘nglimni xijil bo‘layotgani qiz bola maxramsiz ishlasa bo‘larmikin degan joyi bo‘layapti. Yoshim 29 da ota-onamga shu yo‘l bilan og‘irligimni tushurmay yordam bermoqchiman. Xozir diniy kitoblar olishga, ilm o‘rganishga mablag‘im etmaydi. Men rizqim halol bo‘lsin deya go‘zallik salonida ishlamay qo‘ydim(tabarruj hataridan qo‘rqib, shuningdek gunohga sherik bo‘lmaslik uchun ham). Qishlog‘imizda boshqa ish topolmayapman. Shunday xolatda uyimdan uzoqda ishlasam bo‘ladimi? O‘sha supermarketta, erkak ishchilar ham bo‘ladi, xaridorlar ham erkak ayol aralash bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat doirasidagi kiyim va axloqda ishlashi joiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat doirasidagi kiyim va axloqda ishlashi joiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar