Iymon hamda Internetdagi savdo tugrisida savol
Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari. Sizning amalga oshirayotgan ishlaringizda Olloxning uzi madadkor bulsin. Men xidoyat topganimga kup vakt bulgani yuk. Sizdan iltimos ushbu savollarimga javob bersangiz. 1. Men kuchada yurib yoki ishda ishlab, xar kuni dunyoviy odamlar bilan gaplashganda iymonimga ta’sir etmasligi uchun, kalbim bir yusinda uzgarmay turishi uchun nima kilishim kerak? 2. Dunyoviy ilm xam oxiratda kandaydir kadri bormi? 3. Internet tarmogidagi bir korxona odamlardan ushbu korxonaga pul berishni taklif etmokda. Ya’ni eng kami 10.000 sum. Lekin 180 kunga. Ya’ni korxona usha pulni 180 kun davomida aylantiradi. Faoliyat turi birja savdosi va valyuta ayriboshlash. Ushbu korxona mijozga kuygan puliga xamda korxonaningg kunlik foyda yoki zarar topganiga karab foiz beradi. ya’ni ma’lum bir foiz yuk, foyda fakat korxona foyda topganiga yoki zarar topganiga karab. Lekin korxonaning maxsus xisobi bulib u rezerf fondi deyiladi. Ushbu rezerv fondga kunlik foydadan ma’lum qismlar utkazib turiladi. (shu jumladan mening foydamdan xam). Agar kun oxirida korxona zarar bilan chiksa xam, barcha mijozlarga yukorida aytilgan rezerv fondidan kuygan pulining 0.03 foizi mikdorida foyda tulaydi. Ya’ni mijozagar korxona zarar kursa xam, rezerv fondiga oldin pul utkazganligi uchun baribir eng kami 0.03 foizi mikdorida foyda kuradi. lekin korxonanig zarar kurishi usha fond tugaganidan keyin xam davob etsa mijozning asosiy puli xam kamayib ketishi mumkin. Mijoz korxonaga pul berganidan 180 ish kuni utganidan sung mijozga asosiy puli xamda topilgan daromad kaytariladi. Xurmatli Xazrat ushbu internet korxonasiga pul bersa buladimi?. Bu erda ribo yukmi?.4. Mening savdo dukonim bor. Ushbu dukonda boshka dindagi ishchini ishlatsam buladimi? Bundan tashkari ushbu dukonda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib futbol musobakalari olib kursatiladi, shuningdek virtual (ya’ni inson kulidagi uskuna orkali televizordagi xazakam futbolchini boshkaradi) futbol musobakalari uyushtiriladi. Lekin spirtili ichimliklar ichiish umuman man kilingan. Ushbu ishimda shariatga xilof ish yukmi?Iltimos ushbu savolariga javob bersangiz. Agar biror narsani tushunmaganimdan noto‘g‘ri yozgan bulsam ming bor uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Doimo Allohni zikr qilib turish kerak.2. Foydali bo‘lsa, qadri bor.3. Bu ishda ko‘p noaniqliklar bor. Misol uchun “foiz” beradi deyilgan. O‘sha foiz qancha, ikki taraf aniq biladimi. Fondga qanchadan olinadi. Umuman, bu ishni biladigan odamlar sinchklab o‘rganib chiqishi, aniq sharnoma asosida ishlashi kerak.4. Bu savolga javob berilgan.
2 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Doimo Allohni zikr qilib turish kerak.2. Foydali bo‘lsa, qadri bor.3. Bu ishda ko‘p noaniqliklar bor. Misol uchun “foiz” beradi deyilgan. O‘sha foiz qancha, ikki taraf aniq biladimi. Fondga qanchadan olinadi. Umuman, bu ishni biladigan odamlar sinchklab o‘rganib chiqishi, aniq sharnoma asosida ishlashi kerak.4. Bu savolga javob berilgan.
2 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat