Nasiyaga olingan mol puli to‘lab berilmasa
Assalamu alaykum! Bir oyda to‘lab berish sharti bilan nasiyaga mol olinsa va uni sotib pulini tijorat uchun ishlatilsa (aylantirilsa), to‘lov vaqti kelganida (bir oydan so‘ng) nasiyaga olingan mol puli to‘lab berilmasa, shu mol aylanma mablag‘idan kelgan pul (foyda) xalol bo‘ladimi? Bir oydan keyin ko‘rilgan foydachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni iqtisod tilida tavarruq deyiladi. Surati shuki, puli yo‘q inson biror buyumni nasiyaga olib, uchinchi bir shaxsga arzonroqqa naqdga sotib yuboradi. Ulamolar buni umumiy tarzda makruh deganlar. Bunga odatlanib olmaslik kerak, chunki biz shu ishga odatlangan juda ko‘p insonlarning birini do‘ppisini olib boshqasiga kiydiruvchi bo‘lib qolganlarini ko‘rdik. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat