Qo‘lma qo‘l oldi sotti?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Hazrat rohimahulloh bilan quyidagi savol javobimiz bo‘lib o‘tgan edi: Omonatda saqlanayotgan dollar evaziga so‘m berish. Pochcham horijdalar. Shuning uchun opamning dollorini saqlab beraman. Unga so‘m kerak bo‘lsa o‘zim berib yuborsam joizmi yoki dollorni qaytarib berib qo‘lma qo‘l sotib olamanmi? Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh javob berdi: O‘sha berish vaqtidagi narx bilan bersangiz qo‘lma qo‘l bo‘ladi. Savol: Hozirda men ikkinchi shaxsga 1000$ berishim kerak bo‘lsa-yu menda faqat 300$ va qolganiga so‘m bermoqchi bo‘lsam qolgan 700$ ga bozor narxini kelishib olib so‘m berib yuborsam qo‘lma qo‘l oldi sotdi sharti yuzaga chiqadimi? Yoki aksincha bozor narxida to‘liq so‘m berib yuborsam ham joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunda siz qarzingizni uzgan bo‘lasiz. Bunda qo‘lma-qul bo‘lishi shart emas. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunda siz qarzingizni uzgan bo‘lasiz. Bunda qo‘lma-qul bo‘lishi shart emas. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat